Mbappe «Real»ning mavsumdagi so'nggi o'yinlarida ishtirok etadi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe mavsum yakuniga qadar qolgan uchta uchrashuvda ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
Marca nashri xabariga ko'ra, frantsiyalik yulduz oldinda turgan Jahon chempionatiga yaxshi holatda etib borish uchun ushbu bahslarda maydonga tushish istagini bildirgan. Ma'lumki, Mbappe «Real»ning oxirgi bir necha o'yinlarini, jumladan, «Barselona»ga qarshi «el-klasiko»ni ham jarohati sababli o'tkazib yuborgan edi.
Avvalroq «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa hujumchi 14 may kuni bo'lib o'tadigan «Real Ovedo»ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkinligini istisno etmagan edi.
2025/2026 yilgi mavsum yakuniga qadar «Real» La Liga doirasida «Real Ovedo», «Sevilya» va «Atletik» jamoalariga qarshi to'p suradi. Ayni damda madridliklar turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turishibdi.