Mbappe "Real"ning bo'lajak o'yinidan nimalar kutayotganini aytdi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe La Liganing "Real Sosedad"ga qarshi o'yinidan nimalar kutayotgani haqida gapirdi.
"Qaymoqranglilar"ning mehmondagi bahsi shanba kuni bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan 19:15da boshlanishi rejalashtirilgan.
"Real Sosedad"ga qarshi o'ynash har doim qiyin. Safardagi o'yinlar qanchalik qiyinligini bilamiz, ammo yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, xalqaro tanaffusdan keyin tiklandik. Biz kurashishga tayyormiz va g'alaba qozonishga harakat qilamiz," - deya Mbappening so'zlarini keltiradi Madrid Universal.