Mbappe «Real»ni transfer strategiyasini o'zgartirishga majbur qildi

Madridning «Real» klubi transfer rejalarini o'zgartirdi. Klub qo'shimcha forvard bilan shartnoma imzolashni ko'rib chiqmayapti. Bunday qaror Kilian Mbappe faqat hujum markazida o'ynash istagini bildirgani sababli qabul qilindi.
Ruben Martinning ta'kidlashicha, Mbappe «Real»ga faqatgina markaziy hujumchi pozitsiyasida o'ynash niyatida ekanini ma'lum qilgan. Frantsiyalik futbolchi pozitsiyasini o'zgartirishiga to'g'ri kelmasligi uchun «qaymoqranglilar»dan yangi hujumchilarni sotib olmaslikni so'ragan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar