Madridning "Real" klubi yulduz hujumchisi Kilian Mbappe jamoaga yangi himoyachi tanladi. E-Noticies xabariga ko'ra, frantsuz "qirollik klubi" bosslaridan "Liverpul"da to'p tepayotgan hamyurti Ibraima Konate bilan shartnoma imzolashni so'ragan.

Frantsiyalik himoyachining transfer narxi 55 million evroga baholanmoqda, ammo "qaymoqranglilar" uni tekinga qo'lga kiritishi mumkin. Konate va "qizillar" o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati kelasi yilning yozida yakuniga etadi.

26 yoshli himoyachi 2021 yilning yozida "Liverpul"ga ko'chib o'tgandi. Konate Angliya chempionatining joriy mavsumida 11 ta o'yin o'tkazib, 2 ta sariq kartochka oldi.