"Real" hujumchisi Kilian Mbappe o'z klubiga nafaqat maydonda, balki transfer bozorida ham yordam bermoqda.

Defensa Central nashrining xabar berishicha, Mbappe Frantsiya terma jamoasi himoyachisi, "Liverpul" a'zosi Ibrahima Konateni Madrid klubiga o'tishga ko'ndirmoqchi.

Mbappening fikricha, Konate "Real"ga o'tishni xohlaydi va Madrid gigantlaridan taklif kutmoqda.