Mbappe «Real»ga o'tmaganida qaysi klubda qolishini aytdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe, agar 2024 yil yozida ispan grandiga o'ta olmaganida, faoliyatini qaerda davom ettirishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
«Men Parijda etti yil o'tkazdim va bu men uchun katta sharaf edi. Balki men bu haqda etarlicha gapirmaganman yoki ko'rsatmaganman, ammo men har doim qaerdan chiqqanimni va «PSJ» qanchalik buyuk klub ekanini unutmaganman. Men doimo bu Frantsiyadagi eng katta klub va dunyodagi eng yaxshilardan biri ekanini aytganman.
Keyin men dunyodagi eng katta klub — «Real» Madridga o'tdim. Ammo har doim shuni ta'kidlaganmanki, men «PSJ»ni faqat shu klub uchun tark etishim mumkin edi. Agar «Real»ga o'ta olmaganimda, butun faoliyatimni «PSJ»da o'tkazgan bo'lardim. Men bu klubda o'ynashni orzu qilganman va bu orzum amalga oshganidan juda xursandman. Men doimo parijliklarning o'yinlarini kuzataman, jamoada do'stlarim bor va hozir ular juda yaxshi o'ynashyapti», — dedi Mbappe One Football nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda 27 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 38 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.