Mbappe: «Real»da agar yuqori saviya ko'rsata olmasang, seni tinch qo'yishmaydi — qoidalar shunday»

«Real» va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe yarim himoyachi Orelen Tchuameni haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Men «Real»ga kelganimda, Tchuameni qiyin vaziyatda edi. U katta bosim ostida qolgandi. Keyinchalik u tez-tez markaziy himoyachi pozitsiyasida o'ynashiga to'g'ri keldi, lekin «Real»da buning ahamiyati yo'q: markaziy himoyada o'ynaysanmi yoki yarim himoyadami — agar kerakli saviyani ko'rsata olmasang, seni tinch qo'yishmaydi, qoidalar shunday. Ammo uning xarakter ko'rsatib, vaziyatni o'z foydasiga o'zgartira olgani menga juda yoqdi. U ushbu sinovdan yanada kuchli bo'lib chiqdi. Hozir u o'z kuchiga to'liq ishonadi», — deya Mbappening so'zlarini keltiradi AS nashri.
Frantsiya terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk o'yinini 16 iyun kuni Senegalga qarshi o'tkazadi.