Mbappe: "Pullarimni "PSJ"dan mana shunday tarzda olishimga to'g'ri kelyapti"

Kilian Mbappe nima uchun "PSJ"ni sudga berishga qaror qilganini tushuntirdi.
Eslatib o'tamiz, 2024 yil yozida “Real”ga tekinga o'tgan Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Parij klubidan to'lanmagan maosh va bonuslar sifatida 55 million evro talab qilmoqda.
"Mehnat qonunchiligiga ko'ra, bu haqli ravishda meniki. Jarayon menda "PSJ"ga zarar etkazmoqchi bo'lgandek taassurot qoldirdi. Men shartnoma imzoladim. Men shunchaki maosh olmoqchi edim.
“PSJ”ga qarshi hech narsam yo'q, men bu klubni yaxshi ko'raman, u erda do'stlarim bor. Ammo haqqimni shu yo'l bilan olishimga to'g'ri kelmoqda.
"PSJ"da bo'lganimda ham menga kelajakda maosh bermasliklarini bilardim. Pul tushmasa, sezasiz. Ketishdan oldin janjal qilishim mumkin edi, lekin bunga loyiq emasligini o'zim aytdim. Ammo sizga maosh berilmayotganini ko'rganingizda, biroz vaqt o'tgach, munosabat bildirishingiz kerak. Lekin siz tezda g'azablangan sobiq odamga aylanasiz... Agar hamma narsani ofislarda hal qilish mumkin bo'lganida, men maoshim bilan ketgan bo'lardim va bu voqea hech qachon sodir bo'lmasdi", - dedi Mbappe.