Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasi yig'ini davomida «PSJ» futbolchilarini UEFA Chempionlar ligasi-2025/2026 mavsumidagi g'alaba bilan tabriklaganini ma'lum qildi.

Turnir finalida parijliklar Londonning «Arsenal» klubini mag'lub etgan edi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlangan bo'lsa, penaltilar seriyasida «PSJ» 4:3 hisobida ustun kelgan.

«Albatta, men Frantsiya terma jamoasining yig'inida bo'lgan "PSJ" futbolchilarining barchasini tabrikladim. Ular o'tgan mavsumda ajoyib o'yin ko'rsatishdi. Hozir "PSJ" o'zining eng yuqori darajasidagi formasida turibdi», — dedi Mbappe. Uning so'zlarini mashhur jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmog'ida keltirdi.

Ta'kidlash joiz, «PSJ» uchun mazkur g'alaba klub tarixidagi ketma-ket ikkinchi Chempionlar ligasi sovrini bo'ldi.

Mbappe esa 2024 yildan buyon Madridning «Real» klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Manba: championat.com