"Real" forvardi Kilian Mbappe 2024 yil yozida "PSJ"ni tark etganidan keyin sobiq jamoasi bilan moliyaviy masalalar bo'yicha sud jarayonini davom ettirmoqda.

So'nggi yig'ilishda hujumchi frantsuz grandidan 240 million evro talab qilayotgani ma'lum bo'ldi. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda. Summaga kechiktirilgan ish haqi va bonuslar, ishdan bo'shatish va chetlatish uchun kompensatsiyalar, ta'til to'lovlari, shuningdek, psixologik bosim va mehnat sharoitlarini buzish bilan bog'liq da'volar kiradi.

"PSJ" bunga javoban Mbappedan 180 million evro tovon puli talab qilmoqda.

Mbappe "Real"ga o'tganidan beri 75 ta o'yinda maydonga tushib, 62 ta gol urdi va sheriklariga ettita golli uzatmani amalga oshirdi.