Parij apellyatsiya sudi Kilian Mbappening "PSJ"da qolib qolib ketgan 55 million evro pullarni qaytarish talabini bekor qildi.

Bu mablag' hujumchi ish haqi va mukofotlar bo'yicha qarz sifatida talab qilgan summa edi. Bundan tashqari, sud Mbappeni sud xarajatlarini to'lashga va "PSJ"ga protsessual huquqlardan noto'g'ri foydalangani uchun 3000 evro to'lashga majbur qildi, deya xabar bermoqda RMC Sport. Hisoblarni muzlatish 2025 yil aprelida amalga oshirilgan, biroq may oyidayoq sud bu chorani asossiz deb topgan edi. Endi futbolchining apellyatsiyasi ham rad etildi.

"PSJ" vakili sud qarori Mbappe talablarining g'ayriqonuniyligini tasdiqlayotganini ta'kidladi. Shu bilan birga, tomonlar o'zaro kelishmovchiliklarni davom ettirmoqda: Mbappe klubni ruhiy bosim o'tkazishda va uni yangi shartnomaga majburlashga urinishda ayblayapti, shuningdek, 253 million evro talab qilmoqda. "PSJ" esa o'z navbatida 440 million evroga teng qarshi da'vo qo'ymoqda.