Kilian Mbappe professional faoliyatida Terri Anriga qaraganda ko'proq gol urdi.

"Real" hujumchisi Ispaniya chempionatining 20-turida "Levante"ga qarshi o'yinda (2:0) gol urdi. Bu uning professional faoliyatidagi 412-goli bo'ldi.

Mbappe Anri urgan gollardan 1 taga oshib ketdi. Faqat bitta frantsuz - Karim Benzema ko'proq gol urgan. "Al-Ittihod" hujumchisi hisobida 513 ta samarali zarba bor.