Mbappe Ozarbayjon terma jamoasiga qarshi o'ynamasligi mumkin

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasining Ozarbayjon bilan bo'ladigan uchrashuvini o'tkazib yuborishi mumkin.
Jang juma kuni JCh-2026 saralash bosqichi doirasida bo'lib o'tadi. Cope xabariga ko'ra, yulduz hujumchining o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida turibdi. "Uch ranglilar" sardori yaqinda "Real" safida olgan jarohatini hali davolagani yo'q.
Frantsiya terma jamoasining Ozarbayjon bilan o'yini Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi. Oradan uch kun o'tib, 13 oktyabr kuni frantsuzlar Islandiyaga qarshi safarda o'ynaydi.