Mbappe onasi vafot etgan Deshamni qo'llab-quvvatladi

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi va sardori Kilian Mbappe milliy jamoa bosh murabbiyi Dide Deshamga volidasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirib, uni qo'llab-quvvatladi.
«Butun fikru xayolimiz murabbiyimiz va uning oilasi bilan. Siz yolg'iz emassiz», — deb yozdi Mbappe o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Xabar qilinishicha, tajribali mutaxassis 2026 yilgi Jahon chempionati vaqtida terma jamoaning AQShda joylashgan qarorgohini vaqtincha tark etadi. Desham 26 iyun kuni guruh bosqichining so'nggi turidan o'rin olgan Norvegiyaga qarshi uchrashuvda zaxira o'rindig'ida bo'la olmaydi. Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti Filipp Diallo bilan kelishilgan holda, murabbiy o'zi qaytguniga qadar jamoani boshqarib turishni yordamchisi Gi Stefanga topshirdi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar