Mbappe: "Oltin to'p"ni yuta olmayman"

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe 2025 yilda "Oltin to'p"ni kim qo'lga kiritishi haqida fikr bildirdi.
"Bu yil "Oltin to'p"ni yuta olmayman. Ikki do'stimdan birini ham tanlay olmayapman: Hakimiy va Dembele. Ularning o'yinini tan olishlari muhim. Ulardan biri g'alaba qozonsa, juda xursand bo'laman", - deya Mbappening so'zlarini keltiradi L’Equipe.
Aytish kerakki, o'tgan mavsumda Hakimiy va Dembele to'p surayotgan "PSJ" birdaniga 4 ta sovrinni qo'lga kiritdi. Parijliklar Liga 1, Kubok va Frantsiya Superkubogida g'alaba qozondi, shuningdek, o'z tarixida ilk bor Chempionlar Ligasida zafar quchdi.