Mbappe: "Oltin to'p"ni uning uyiga o'zim olib borib berardim"

Yulduz hujumchi Kilian Mbappe "Oltin to'p" haqidagi savolga javob berdi. Frantsiya terma jamoasi sardoridan terma jamoadagi sherigi Usmon Dembele mukofotga loyiqmi, deb so'rashdi.
- Albatta! Menga qolsa, mukofotni uyiga o'zim olib borib berardim. Umid qilamanki, Hakimiy yuqori o'rinni egallaydi, chunki himoyachilar ko'proq e'tirofga loyiq. Yamalmi? U emas, u "Barselona"da o'ynaydi-ku (kuladi). Ammo u haqiqatan ham yaxshi futbolchi!" - dedi Mbappe.
"Oltin to'p" Parijda 22 sentyabr kuni topshiriladi. Usmon Dembele nufuzli sovrin uchun kurashda asosiy favoritlardan biri hisoblanadi.