Mbappe Olisening darajasiga baho berdi

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe jamoadoshi Maykl Olise haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi. “Bavariya” vingeri Madridning “Real” klubi forvardi qatorida Frantsiya milliy terma jamoasining bosh yulduzlaridan biri hisoblanadi.
“Olise — bu bizning bugunimiz va kelajagimiz. Unda nafislik va o'yinni tushunish qobiliyati bor. Biz u bilan juda yaxshi chiqishamiz. Hozir u frantsuz tilida yaxshi gapiradi, lekin siz, jurnalistlar, buni payqamaysiz, chunki u sizlar bilan kam muloqot qiladi. Uning xarakteri shunday”, — deya Mbappening so'zlarini Madrid Universal nashri keltiradi.
“Uch ranglilar” Jahon chempionati guruh bosqichining 1-turi doirasida Senegalga qarshi bahs olib borishadi.