Frantsiya terma jamoasi hujumchisi va sardori Kilian Mbappe milliy jamoa vingeri Maykl Olise haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

«Unda nafosat va o'yinni ko'ra bilish qobiliyati bor. Men u bilan juda yaxshi chiqishaman.

Bundan buyon biz faqat frantsuz tilida muloqot qilamiz. U bu tilni yaxshi biladi. Uning fe'li shundayki, sizlar — OAV vakillari — uning frantsuz tili yaxshilanganmi yoki yo'qmi, hech qachon bilib ololmaysizlar, chunki u sizlar bilan juda kam gaplashadi (Olise Buyuk Britaniyada tug'ilib, o'sha erda voyaga etgan).

Bu unga yoqmaydi. Maykl — introvert inson. U kamgap, ammo uning o'rniga maydonda oyoqlari gapiradi. Uni qanday bo'lsa, shundayligicha qabul qiling. Maykl hech qachon o'zgarmaydi. Olise nafaqat ajoyib futbolchi, balki juda yaxshi inson ham», — dedi Mbappe.

Mbappening so'zlarini L'Équipe nashri keltirmoqda.

Manba: championat.com