Mbappe Olise bilan o'ynash nima uchun yoqishini tushuntirdi

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasi safida Myunxenning «Bavariya» klubi vingeri Maykl Olise bilan birga to'p surish haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
«Maydonda Olise bilan o'zaro bog'liqligimiz? U bilan o'ynash juda oson. U boshini ko'targan holda o'ynab, hamma narsani soddalashtiradi. Maykl maydondagi harakatlarimni doim ko'rib turadi. Olise bilan o'ynash menga yoqadi», — dedi Mbappe.
Maykl Olise 2024 yildan buyon Frantsiya terma jamoasi safida harakat qilib kelmoqda. Umumiy hisobda vinger «uchranglilar» safida 19 ta o'yin o'tkazdi va ettita gol urdi. Kilian Mbappe milliy jamoa sharafini 2017 yildan beri himoya qiladi. Hujumchi Frantsiya terma jamoasi safida 100 ta o'yinda maydonga tushib, 60 ta gol kiritgan.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar