Mbappe Olise bilan birga o'ynashdan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Maykl Olise bilan birgalikdagi o'yini haqida nima deb o'ylashini aytdi.
«Uchranglar» sardori JCh-2026 guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan Senegalga qarshi bahsda (3:1) raqib darvozasini ikki bor ishg'ol qildi – birinchi vaziyatda, 66-daqiqada, unga «Bavariya» vingeri assistentlik qildi.
«Olise bilan birga o'ynash men uchun juda oson. U doim boshini baland ko'tarib harakat qiladi, har doim oldinga o'ynashga intiladi», — deya Mbappening so'zlarini keltirmoqda Ispaniya OAVlari.
Aytgancha, Frantsiya va Senegal o'rtasidagi uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrini Mbappega emas, aynan Olisega nasib etdi.
Ikkinchi turda frantsuzlar iroqlik raqiblariga qarshi maydonga tushishadi.
Kommentariyalar