Mbappe "Olimpiakos" muxlislari tomonidan haqorat qilingan

Madridning "Real" klubi forvardi Kilian Mbappe "Olimpiakos" muxlislarining xatti-harakatlari haqida gapirdi. Chorshanba kuni "qaymoqranglilar" Gretsiyada 4:3 hisobida g'alaba qozondi - Mbappe poker qayd etdi. Uchrashuv boshlanishidan oldin mahalliy muxlislar frantsuz tilida madridliklar hujumchisi sha'niga haqoratli so'zlar aytishdi.
"Ha, chigalyozdi mashqlari paytida juda yomon talaffuzdagi frantsuzcha qichqiriqlarni eshitdim. Ammo hammasi joyida, men e'tiborimni ishga qaratdim, maydonda o'z maqsadimga erishdim va ijobiy kayfiyat bilan ortga qaytyapman", - dedi UEFA tomonidan o'yinning eng yaxshi o'yinchisi sovrinini olgan Kilian intervyuda.
Yakshanba kuni "Real" La Liga doirasidagi navbatdagi o'yinini "Jirona"ga qarshi o'tkazadi.