Mbappe: «Odamlar dam olishim kerakligini aytishgandi, keyin esa «Albasete» bizni chiqarib yubordi»

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe qo'shimcha dam olishga ehtiyoji yo'qligini ma'lum qildi.
«Odamlar meni maydonda juda ko'p vaqt o'tkazayotganimni, dam olishim kerakligini aytgani yodimda. Keyin esa biz «Albasete»ga yutqazib, Ispaniya Kubogini tark etdik... Endi esa ko'pchilik meni umuman o'ynashni xohlamayapti deb aytmoqda. Xo'sh, haqiqat qaerda? Bunday gaplarni eshitish menga yoqimsiz. Men har doim o'ynashni xohlayman», — deya 27 yoshli frantsuzning so'zlarini keltiradi Ispaniya OAVlari.
Chorshanba kuni Mbappe La Liga doirasidagi «Real Ovedo»ga qarshi o'yinning (2:0) ikkinchi bo'limida zaxiradan maydonga tushdi. Uchrashuv yakunida hujumchi Jud Bellingemga golli uzatma etkazib berdi. Kilian tilga olgan «Albasete»ga qarshi o'yin shu yilning yanvar oyida bo'lib o'tgan va bu jamoaning Alvaro Arbeloa qo'l ostidagi ilk uchrashuvi edi.