Mbappe o'zining to'purarlik natijasi haqida gapirdi

Madridning "Real" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasi safida navbatdagi golini urdi. 26 yoshli futbolchi birinchi bo'lim oxirida penaltini aniq amalga oshirib, "uchranglilar"ga Islandiya ustidan irodali g'alabani qo'lga kiritishga yordam berdi (2:1). Endi "qaymoqranglilar" hujumchisining Frantsiya terma jamoasi safida 52 ta goli bor - u bu ko'rsatkich bo'yicha afsonaviy Terri Anrini ortda qoldirdi. To'purarlar ro'yxatida faqat Olive Jiru 57 ta gol bilan yuqorida bormoqda.
"Terma jamoa tarixidagi ikkinchi to'purarlik? Hali ishlaydigan narsam bor, bo'shashmaslik kerak. Yana bir futbolchini ortda qoldirish kerak," - deya Kilianning javobini keltiradi Madrid Xtra.
Mbappe 2017 yilning mart oyida Frantsiya terma jamoasi safida debyut qilgan.