Mbappe: "O'zimni Ronaldu bilan taqqoslay olmayman, yo'lim boshqa"

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe "qaymoqranglilar"ning sobiq futbolchisi Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslashlarni faxrlanish sifatida qabul qilishini ta'kidladi.
"Hamma Ronaldu "Real"da etalon, birinchi raqamli ekanini biladi. Men bir yarim yildan beri shu erdaman, u esa bu erda to'qqiz yil harakat qilgan. Men o'zimni u bilan va uning yutuqlari bilan taqqoslay olmayman. Mening yo'lim boshqa. Men o'z yo'limdan ketmoqchiman. Ammo meni Ronaldu bilan bir qatorda tilga olishlari faxrlanishga arziydi," - deya Mbappening so'zlarini keltiradi Marca.
26 yoshli futbolchining qo'shimcha qilishicha, u birinchi navbatda Ronaldudan o'zib ketishni emas, jamoa bilan muvaffaqiyat qozonishni o'ylamoqda.