Mbappe o'zi ishlagan penaltidan panenka uslubida zarba berib, gol urdi (foto+video)

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe La Liganing 21-turidan o'rin olgan "Vilyarreal"ga (2:0) qarshi o'yinda penalti ishlab oldi va undan unumli foydalandi.
Uchrashuvning 92-daqiqasida hakam Sesar Soto Grado mezbonlar jarima maydoni ichida Alfonso Pedrasaning "podkati" natijasida "Real" hujumchisiga nisbatan qoida buzilganini qayd etdi.
11 metrlik jarima zarbasini Mbappe panenka uslubida golga aylantirdi. Ushbu o'yinda frantsuz dubl qayd etdi.

Aint no way Mbappe hit the panenka with Brahim Diaz watching
— fan (@NoodleHairCR7) January 24, 2026
Everyone is trolling Morocco ????????pic.twitter.com/65pMs88i9y