Mbappe niqobda o'ynaydimi?

Yakshanba kuni Kilian Mbappe «Real» mashg'ulotlarini o'tkazib yubordi. «Jirona»ga qarshi kechgan avvalgi o'yinda raqib bilan to'qnashib ketganidan so'ng, Mbappening qosh qismiga bir nechta chok qo'yilgan edi. Jarohat jiddiy emas — frantsuz allaqachon mashg'ulotlarga qaytdi.
AS nashrining xabar berishicha, Mbappe «Bavariya»ga qarshi bahsda niqobda emas, balki himoya bog'lamida (plastiir) maydonga tushadi. Muammo u qadar katta bo'lmagani sababli futbolchiga maxsus himoya niqobining kerakligi yo'q.
«Bavariya» va «Real» jamoalari chorshanba, 15 aprel kuni Chempionlar ligasi 1/4 finalining javob uchrashuvini o'tkazishadi. Myunxendagi o'yin Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da (16 aprelga o'tar kechasi) boshlanadi. O'tgan haftada o'z maydonida kechgan dastlabki bahsda «Real» Bundesliga chempioniga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.