Juma kuni "Transfermarkt" portali mutaxassislari Ispaniya La Ligasida to'p tepayotgan futbolchilar narxini yangiladi. "Real" forvardi Kilian Mbappe 20 million evroga qimmatlashdi va endi 200 million evroga baholanmoqda.

La Liganing eng qimmat o'yinchilari reytingida Mbappe Lamin Yamalga etib oldi - "Barselona"ning iste'dodli vingeri hamon 200 millionga baholanmoqda.

Kuchli uchlikni Jud Bellingem yakunlamoqda, garchi u 20 million evroga arzonlashgan bo'lsa ham. Bellingemning yangi narxi - 160 million.

Keyingi o'rinlarda Vinisius Junior (150 mln evro), Pedri (140), Federiko Valverde (120), Xulian Alvares (100), Arda Gyuler (90), Rafinya (80) va Pau Kubarsi (80) bormoqda.