Madridning "Real" klubi va Frantsiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe futbol mavzusiga oid fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Muxlislar shunchaki kelib, sahna ortidagi voqealardan bexabar holda tomoshadan zavqlanishlari uchun omadli ekanliklarini ta'kidlashni yaxshi ko'raman. Ochig'ini aytganda, agar menda bu ishtiyoq bo'lmaganida, futboldan allaqachon nafratlanib ketgan bo'lardim. O'z farzandimga futbol olamiga kirishni hech qachon maslahat bermasdim", - deya Mbappening so'zlarini L’Equipe nashri keltiradi.

26 yoshli futbolchi joriy klub mavsumida 3 ta o'yinda 3 ta gol urdi. 9 sentyabr kuni Mbappe Frantsiya terma jamoasining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida 52 ta gol bilan ikkinchi o'ringa chiqib oldi. Olive Jiruning hisobida 57 ta gol bor.