Mbappe Mourinoning «Real»ga qaytishi haqidagi postga «layk» bosdi (foto)

Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe jamoa boshqaruviga Joze Mourinoning qaytishi mumkinligi haqidagi xabarga o'z munosabatini bildirdi.
Avvalroq, ayni damda «Benfika»ni boshqarayotgan 63 yoshli portugaliyalik mutaxassisning Madridga qaytishi mumkinligi haqida ma'lumotlar tarqalgan edi. Ma'lum qilinishicha, «qirollik klubi» prezidenti Florentino Peresning atrofidagilar Mourino nomzodini jiddiy muhokama qilmoqda.
Instagramdagi score90 akkaunti ushbu mavzuda maxsus kollaj e'lon qildi. Unda Mourinoning 2012 yilda Krishtianu Ronaldu va Mesut O'zil bilan tushgan surati hamda 2026 yilda Mbappe va Arda Gyuler bilan birga tasvirlangan taxminiy ko'rinishi joylashtirilgan.
«O'z vaqtida u Krishtianu Ronalduning samaradorligini elita darajasidan fenomenal darajaga olib chiqqan edi. Xuddi shunday transformatsiyani Kilian Mbappe bilan ham ko'rishimiz mumkinmi? Jozening qaytishiga imkoniyat bormi va u «Real» uchun mos murabbiymi?» — deyiladi post tavsifida.
E'tiborli jihati shundaki, Kilian Mbappe ushbu postga «layk» bosgan.
