Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe argentinalik Lionel Messining jahon chempionatlaridagi rekord natijasiga o'z fikrini bildirdi. 38 yoshli hujumchi 18 ta gol urib, germaniyalik Miroslav Klozeni ortda qoldirgan holda mundiallar tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi.

«Messi tez-tez gol uradi. U buni uddalay oladi va shunday qilishda davom etadi. Agar men doimiy ravishda uni kuzatib borganimda, yanada ko'proq harakat qilishga majbur bo'lardim. Lekin men bunga o'ralashib qolmaganman. Mening xayolim faqat o'z jamoamga qanday yordam berishda», — deya futbolchining so'zlarini keltiradi «Tyc Sports».

JCh-2026 dagi ikkita o'yinda Messi beshta gol muallifiga aylandi. Mbappe hisobida esa to'rtta gol mavjud.

Manba: Stadion.uz