Kilian Mbappe JCh-2026 to'purarlar ro'yxatida yakka peshqadamga aylandi.

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi 3-o'rin uchun kechgan Angliyaga qarshi bahsda (3:4, ikkinchi bo'lim) dubl qayd etdi. Bu uning joriy turnirdagi 9- va 10-gollari bo'ldi.

«Real» sharafini himoya qilayotgan forvard turnir «Oltin butsa»si uchun kurashda argentinalik Lionel Messidan ikkita gol oldinda bormoqda. Norvegiyalik Erling Xoland hisobida esa 7 ta to'p mavjud.

Manba: Stadion.uz