Hujumchilar Kilian Mbappe (Frantsiya terma jamoasi), Lionel Messi (Argentina) va Erling Xoland (Norvegiya) Jahon chempionati–2026 boshidan buyon raqiblar darvozasiga ettitadan gol urishga muvaffaq bo'lishdi.

Mbappe, Messi va Xoland JCh-2026 to'purarlar poygasida 1-3-o'rinlarni bo'lishib turishibdi.

Jahon chempionatlari tarixida birinchi marta bir turnirning o'zida uch nafar futbolchi kamida ettitadan gol kiritdi.

Bunga qadar ikkita turnirda uch nafardan futbolchi oltitadan gol urishga erishgan edi. JCh-1954da bu natijani vengriyalik Shandor Kochish (11 ta gol), shveytsariyalik Yozef Xyugi, germaniyalik Maks Morlok va avstriyalik Erix Probst (hammasi — oltitadan) qayd etgan bo'lsa, JCh-1958da frantsiyalik Jyust Fonten (13 ta), braziliyalik Pele va germaniyalik Xelmut Ran (ikkalasi ham — oltitadan) shunday ko'rsatkichga erishgan.

Manba: Stadion.uz