Mbappe: “Men “PSJ” futbolchilarini tabrikladim”

Frantsiya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe o'zining sobiq klubi — “PSJ”ning so'nggi muvaffaqiyatlari haqida nima deb o'ylashini aytib berdi. Parijlikliklar Mbappe ketganidan keyingi har ikki mavsumda ham Chempionlar Ligasida g'olib chiqishdi.
“Albatta, terma jamoa qarorgohida uchrashganimizda “PSJ”ning barcha futbolchilarini tabrikladim. Ular fantastik o'yin ko'rsatishdi. “PSJ” hozir eng yuqori cho'qqida”, — deya hali ham ushbu nufuzli evrokubokda g'olib chiqmagan Kilianning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
16 iyun kuni Frantsiya terma jamoasi JCh-2026 guruh bosqichi 1-turi doirasida Senegalga qarshi maydonga tushadi.