Mbappe: «Men nima qilishni oldindan bilardim»

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe Braziliya terma jamoasi darvozaboni Edersonga urgan golini yodga oldi.
Madridning «Real» klubi futbolchisi yaqinda bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida braziliyalik posbon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib, to'pni uning ustidan tashlab qo'ygan edi. Ushbu bahs «uch ranglilar»ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
«Men Ederson bunday vaziyatlarda tez-tez yiqilishini bilardim va avval ham «Real» safidagi o'yinda to'pni uning ustidan tashlab qo'yganman. O'sha hujum vaqtida nima qilishimni oldindan bilardim», — deya The Touchline Mbappening so'zlarini keltiradi.
Yakshanba kuni frantsuzlar ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazishdi — bu safar Kolumbiya terma jamoasi mag'lub etildi (3:1). Kilian Mbappe esa ushbu bahsda maydonga 78-daqiqada tushdi.