Mbappe: "Men eng ko'p narsani Falkaodan o'rganganman"

"Real" va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe "Monako" tarkibida Radamel Falkao bilan birga to'p surgan davrlarini yodga oldi.
"Men eng ko'p narsani o'rgangan futbolchi — bu Falkaodir. Hujumchi uchun faoliyatini bunday darajadagi futbolchi bilan birga boshlash — haqiqiy oltin edi. Falkao o'z tajribasini bo'lishishni istardi, men esa uni diqqat bilan tinglardim. Men o'rganishga tayyor edim va undan juda ko'p narsani o'zlashtirdim", — deya Mbappening so'zlarini keltiradi The Touchline.