Mbappe mavsumni juda yuqori tempda davom ettirmoqda: 19 o'yinda 23 gol va 3 assist

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe joriy mavsumda klub safidagi 23-golini urdi.
La Liganing 14-turidan o'rin olgan "Jirona"ga (1:1) qarshi bahsda frantsiyalik futbolchi 67-daqiqada Vinisius Junior tomonidan ishlab olingan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni tenglashtirdi.
Umuman olganda, Mbappe "Real" safida mavsumdagi 19 o'yinda 23 gol va 3 golli uzatmaga mualliflik qilgan.