Kilian Mbappe tizzasidagi muammolar sababli «Real»ning bir qator o'yinlarini o'tkazib yuborgan edi. Frantsiyalik hujumchi to'liq sog'aydi va Alvaro Arbeloaning Chempionlar Ligasi 1/8 finali doirasida «Manchester Siti»ga qarshi javob uchrashuvi uchun qaydnomasidan joy oldi.

Mbappe Manchesterga etib kelganidan so'ng ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga bir nechta suratlarini joylashtirdi.

«Ishga qaytamiz», — deb yozib qoldirdi Mbappe suratlar ostida.

Eslatib o'tamiz, «Manchester Siti» va «Real» o'rtasidagi Chempionlar Ligasining hal qiluvchi javob uchrashuvi bugun, 17 mart kuni bo'lib o'tadi.