"Real" klubi va Frantsiya terma jamoasi forvardi Kilian Mbappe Madridda o'zini vatanidagiga qaraganda xotirjamroq his qilayotganini tan oldi.

"Madridga yaxshi moslashdim. U erda menga tinchroq. Bu Frantsiyaga nisbatan tanqid emas. Shunchaki u erda yashash sharoitlari boshqacha - Madridda hammasi Parijdagidek tez emas. Boshimni tartibga keltirishga va oyoqlarimning kuchini tiklashga muvaffaq bo'ldim", - dedi Mbappe matbuot anjumanida.

10 oktyabr, juma kuni Frantsiya terma jamoasi JCh-2026 saralash bosqichi doirasida o'z maydonida Ozarbayjonga qarshi bahs olib boradi.