"Liverpul" markaziy himoyachisi Ibraima Konate yozda "Real"ga o'tishga yaqin edi, ammo transfer amalga oshmadi. Frantsuzning aytishicha, "qaymoqranglilar" hujumchisi Kilian Mbappe hamon uning transferiga qiziqish bildirmoqda.

"Mbappe menga bosim o'tkazyaptimi? Ha, u menga har ikki soatda qo'ng'iroq qiladi," - dedi himoyachi Telefoot’ga bergan intervyusida.

Konate o'tgan mavsum mersisaydliklar safida 42 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 26 yoshli futbolchining "Liverpul" bilan amaldagi kelishuvi kelasi yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali himoyachini 60 mln evroga baholamoqda.