Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe Frantsiya va Kolumbiya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvidan so'ng muxlisni politsiyadan qutqarib qoldi.

Final hushtagi yangraganidan so'ng, maydonga bir yosh yigit yugurib chiqib, hujumchini quchoqlashga harakat qildi. Politsiya xodimlari ishqibozni qo'lga olish uchun tashlandilar, biroq futbolchi ularni to'xtatib qoldi.

Uchrashuv 3:1 hisobida Frantsiya foydasiga hal bo'ldi. Mbappe ikkinchi bo'limda maydonga tushdi va samarali harakatlar bilan ajralib turmadi.

Avvalroq, «PSJ» darvozaboni Lyuka Shevale Frantsiya terma jamoasi tarkibida Braziliya va Kolumbiyaga qarshi o'tkazilgan ikkita o'rtoqlik o'yinida biror daqiqa ham maydonda harakat qilmagan yagona futbolchi bo'lgani xabar qilingan edi.