Mbappe joriy mavsum allaqachon 30 ta golda ishtirok etishga ulgurdi

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe La Liga 17-turi doirasidagi o'yinning (1:0, tanaffus) 24-daqiqasida Jud Bellingemning uzatmasidan keyin "Alaves" darvozasini ishg'ol qildi.
Endi frantsuzning hisobida madridliklar safida mavsumdagi 22 o'yinda 26 gol va 4 golli uzatma bor.