Frantsiya terma jamoasi bo'lajak jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. "Uch ranglilar" so'nggi turdan oldingi o'yinda Ukraina ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (4:0) saralash guruhida peshqadamlikni naqd qildi.

"Jahon chempionatidagi maqsadimiz yarim final emas. Biz turnirda g'olib chiqmoqchimiz. Har bir kishi jahon chempionati g'olibi bo'lishni orzu qiladi - 48 ta jamoaning barchasi u erga shu maqsadda keladi. Agar yarim finalga chiqib to'xtasak, maqsadga erishdik, deb bo'lmaydi," - deya Kilian Mbappening so'zlarini keltiradi The Touchline.

Madridning "Real" klubi 26 yoshli forvardi Ukraina terma jamoasi bilan o'yinda dubl qayd etdi va faoliyatidagi gollari sonini 400taga etkazdi.