Mbappe: "JCh-2026 finali ertalab ham, kunduzi ham, kechqurun ham tushimga kiradi"

Frantsiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe JCh-2026 finalida o'ynashni orzu qilayotganini aytdi.
"Men futbol olamining qanday ekanligiga nisbatan taqdirga ishonuvchi insonman, ammo hayotga nisbatan emas. Hayot go'zal. Futbol esa qanday bo'lsa, shunday. Ochig'ini aytganda, agar menda bu ishtiyoq bo'lmaganida, futbol olami allaqachon menga yoqmay qolgan bo'lardi. Charchoq qilayotgan ishingizni sevmay qolganingizni anglatmaydi. Men hali ham bu sportni telba darajada sevaman. AQShda 19 iyul kuni bo'lib o'tadigan jahon chempionati finali ertalab, kunduzi va kechqurun xayolimdan ketmaydi. Sana belgilangan. Bizda ajoyib jamoa bor, umid qilamanki, biz u erga etib boramiz," - deya Mbappening so'zlarini keltiradi L’Equipe.