Mbappe jarohatiga qaramay Frantsiya terma jamoasiga boradi, sababi...

Kilian Mbappe tizzasidagi muammo tufayli «Real» lazaretida qolmoqda. Frantsiyalik hujumchining qachon safga qaytishi hozircha noma'lum.
AS nashriga ma'lum bo'lishicha, Mbappe har qanday holatda ham Frantsiya terma jamoasi bilan birga AQShdagi yig'inga yo'l oladi. Futbolchi Madridda qolmaydi. Kilianning milliy jamoa qarorgohida bo'lishi homiylar oldidagi tijoriy majburiyatlar bilan bog'liq.
Eslatib o'tamiz, Frantsiya terma jamoasi mart oyida Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Braziliya va Kolumbiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazadi.
Kilian Mbappe tizzasidagi jarohat og'irlashgani sababli «Real»ning so'nggi bir nechta o'yinini o'tkazib yubordi.