Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe JCh-2026 «I» guruhi 1-turidan o'rin olgan Senegalga qarshi uchrashuvda (3:1) dubl qayd etib, jahon chempionatlarida urilgan gollar soni bo'yicha Argentina terma jamoasi a'zosi Lionel Messidan o'zib ketdi.

Mbappe uchrashuvning 66 va 90+6-daqiqalarida raqib darvozasini ishg'ol qildi va jahon chempionatlaridagi gollari sonini 14 taga etkazdi. Buning uchun unga 15 ta o'yin kifoya qildi. Messi hisobida esa 26 ta uchrashuvda kiritilgan 13 ta gol mavjud.

«I» guruhining 2-turida Frantsiya milliy terma jamoasi Iroq bilan (23 iyun), 3-turda esa Norvegiya bilan (26 iyun) to'qnash keladi.