Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe futbol bo'yicha 2026 yilgi jahon chempionati «I» guruhi 1-turidan o'rin olgan Senegalga qarshi uchrashuvda (3:1) dubl qayd etdi. Shu tariqa, Mbappe ushbu o'yinda dunyo birinchiliklaridagi o'zining 13-golini kiritdi va JCh tarixida bu ko'rsatkichga erishish tezligi bo'yicha uchinchi to'purarga aylandi.

Jahon chempionatlarida 13 ta gollik marrani eng tez zabt etgan futbolchi frantsiyalik Jyust Fonten hisoblanadi (1958 yil). Unga dunyo birinchiliklarida 6 ta uchrashuv kifoya qilgan. Ikkinchi o'rinda 12 ta o'yin bilan germaniyalik Gerd Myuller (1974 yil) bormoqda. Shuningdek, ushbu top ro'yxatdan braziliyalik Ronaldo (17 ta o'yin, 2006 yil), germaniyalik Miroslav Kloze (18 ta o'yin, 2010 yil) va argentinalik Lionel Messi (26 ta o'yin, 2022 yil) joy olgan.

«I» guruhining 2-turida Frantsiya milliy terma jamoasi Iroq bilan to'qnash keladi (23 iyun), 3-turda esa Norvegiya bilan kuch sinashadi (26 iyun).