Kilian Mbappe JCh-2026ning 1/16 finalidan o'rin olgan Shvetsiyaga qarshi o'yinda dubl qayd etdi (3:0).

Ushbu uchrashuvdagi birinchi gol frantsiyalik hujumchi uchun Jahon chempionatlarining pley-off bosqichidagi to'qqizinchi goli bo'ldi.

Bu ko'rsatkich bo'yicha Mbappe o'z hisobida 8 tadan goli bo'lgan braziliyalik afsonalar — Ronaldo va Leonidasni ortda qoldirib, yaqqol birinchi o'ringa chiqib oldi.

Manba: Stadion.uz