Mbappe Jahon chempionatiga tayyorgarlik rejasini oshkor qildi

Madridning «Real» klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2026 yilgi Jahon chempionatiga qanday qilib yuqori sport formasida etib borish borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Jahon chempionatiga ajoyib holatda yo'l olishning eng yaxshi yo'li — «Real» bilan barcha sovrinlarni qo'lga kiritishdir», — deya ta'kidladi Mbappe Telefoot nashriga bergan intervyusida.
Mart oyida Frantsiya terma jamoasi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, har ikkisida ham g'alaba qozondi. Dide Desham shogirdlari dastlab Braziliyadan ustun kelishgan bo'lsa (2:1), keyingi bahsda Kolumbiya terma jamoasini mag'lub etishdi (3:1).
Jahon chempionatida Frantsiya terma jamoasi «I» guruhida Senegal, Norvegiya hamda Iroq/Boliviya juftligi g'olibi bilan kuch sinashadi.