Mbappe haligacha «Real» bilan birorta katta sovrin yutmadi

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe «qirollik klubi»dagi ikki mavsumi davomida na La Ligada, na Chempionlar Ligasida, na Ispaniya Kubogi yoki Superkubogida zafar qucha oldi.
Hujumchi jarohati sababli «Barselona»ga qarshi kechgan bahs (0:2) qaydnomasiga kiritilmadi. Kataloniyaliklar aynan ushbu g'alabadan so'ng chempionlikni rasmiylashtirishdi.
Joriy mavsumda «Real» Chempionlar Ligasining 1/4 finalida «Bavariya»ga ikki o'yin natijasiga ko'ra 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etdi.
Ispaniya Kubogining 1/8 finalida «qaymoqranglilar» «Albasete»ga (2:3), Ispaniya Superkubogida esa «Barselona»ga (2:3) mag'lub bo'lishdi.
O'tgan mavsumda Mbappe «Real» tarkibida UEFA Superkubogi va Qit'alararo kubokda g'olib chiqqan edi.