Madridning "Real" klubi safida to'p tepayotgan turkiyalik xavbek Arda Gyuler ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga samolyotdan olingan suratni joyladi. Suratda hujumchi Kilian Mbappe Qozog'istondan uchib ketayotganda uxlab yotganini ko'rish mumkin.

"Bu oson sayohat bo'lmadi, birodar", - deb izoh qoldirgan frantsiyalik hujumchi Gyulerning postiga.

Eslatib o'tamiz, "qirollik klubi" UEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqich 2-turida "Qayrat" mehmoni bo'ldi. "Qaymoqranglilar" yirik 5:0 hisobida g'alaba qozondi, Mbappe uchta gol urdi.

Keyingi turda Xabi Alonso jamoasiga Turinning "Yuventus" klubi raqiblik qiladi.